Янги йилга китоб билан!

Bakhodir Ganiev

#yangiyilgakitobbilan

 

Kecha Yangi Asr Avlodi nashriyotining Chilonzorda (Qatortol bozori oldida) shu xafta yangi ochilgan kitob do`koniga bordim, oilam bilan. Mazza qildik! Do`kon katta, kitoblar assortimenti yaxshi, kitoblar ruknlarga bo`lingan holda qo`yilgan, narxlar arzon, asosiy urg`u badiiy adabiyotga berilgan, rus tilida ham ancha kitob bor ekan, yaqinda ingliz tilida ham adabiyotlar chetdan keladi dedilar.

 

Muhimi, xaridor uchun qulay bo`libti! Barchamiz rastalar o`rtasidagi yumshoq o`rindiqlarga o`tirib kitob mutollasiga cho`mdik, bolalar o`ynashi uchun kichik burchakcha ham bor ekan!

 

Barchaga tavsiya qilaman! Yangi yilingiz muborak bo`lsin!

 

#newyearwithnewbook