Bayram kunlari sal vaqtliroq ketsam bo'ladimi?

Savol: Bayram kunlari arafasida sovg‘alarni o‘z vaqtida tayyorlash va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish qiyin bo‘ladi. Men ish beruvchidan bayram kunlari arafasida bir oz oldinroq ruhsat so‘rashim mumkinmi?

JAVOB: Albatta mumkin. Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq bu ish beruvchining majburiyati hisoblanadi: “Bayram (ishlanmaydigan) kunlari (131-modda) arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi”.

bayram